


📍Tumandagi 1-son texnikumida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuv davomida ishtirokchilar texnikumda yo‘lga qo‘yilgan turli yo‘nalishdagi ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar.📉Tadbir jarayonida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tirof etildi. Xususan, tikuvchilik, hunarmandchilik, sport o‘yinlari hamda turli to‘garak va mashg‘ulotlar faoliyati namoyish etildi.💬Uchrashuv davomida yoshlarning qiziqishlari va iqtidorini rivojlantirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
❗️Mazkur uchrashuv yoshlar bilan rahbarlar o‘rtasida samimiy muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.