×
10-апр 2026 yil 16

Kasbiy ta’lim tizimida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganilmoqda

📝Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan Xorazm viloyati texnikumlarida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xalqaro ta’lim dasturlari hamda dual ta’lim tizimi asosida tashkil etilgan o‘quv jarayonlari o‘rganilmoqda.
🗓️9 aprel kuni agentlikning Yoshlar tarbiyasi va kasb tanlovlarini tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi M. Shukurova Qo‘shko‘pir tumani 1-son texnikumi hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi Xiva jamoat salomatligi texnikumlariga tashrif buyurdi.
🏠Tashrif davomida texnikumlarda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, amaliy o‘quv jarayonlari, xalqaro hamkorlik asosidagi ta’lim dasturlari hamda dual ta’lim tizimi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
⌛ Shuningdek, “Tashabbuskor yoshlar klubi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazilib, yoshlarning tashabbus va g‘oyalari qo‘llab-quvvatlandi. Uchrashuv davomida o‘quvchilarning taklif va fikrlari tinglandi.
💬M. Shukurova ta’kidlaganidek: “Bugun texnikumlarda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ularning zamonaviy kasblarni egallashi, tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishi va kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.”
✨Bunday uchrashuvlar yoshlarning faolligini oshirish, ularni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish va ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech